uz 
DIQQAT! Sayt test rejimida ishlamoqda!         
+998 90 087-67-76
ISHONCH TELEFONI
ziadingranit@mail.ru
ELEKTRON POCHTA
@granitaj
TELEGRAM MANZIL

E’LON! «Granit» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi to’g’risida

AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIGʻILISHINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA

 

“Granit” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!!!

E ʼ L O N !!!

 

2026-yil 22-yanvar kuni soat 11-00 da “Granit” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat majlislar zalida oʻtkaziladi.

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish soat 10-00 dan boshlanadi.

Manzil: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Xayrobod QFY, “Granit” aksiyadorlik jamiyati majlislar zali.

Yigʻilish kun tartibi: “Jamiyatdagi yaroqsiz xolda boʻlgan inshootlar va uskunalar, maxsus transport vositalarini xisobdan chiqarish toʻgʻrisida”.

Yigʻilishda ishtirok etish xuquqiga ega bulgan aksiyadorlar roʻyxati 2025-yil 30-dekabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlarning reestriga asosan tuziladi.

Umumiy yigʻilishda qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga taalluqli boʻlgan qoʻshimcha malumot va materiallar bilan “Granit” aksiyadorlik jamiyatida tanishishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunining 62-moddasi talablariga muvofiq aksiyadorlarning Umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuborilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan oʻzingizning elektron pochta manzilingizni jamiyatning ziadingranit@mail.ru elektron pochtasiga taqdim etishingizni soʻraymiz.

Malumot uchun telefonlar: +99877–114-74-00 “Granit” AJ Ijroiya organi 30.12.2025