Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan
KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSI
Faoliyat ochiqligini ta’minlash maqsadida AJ:
O‘z faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida AJ kuzatuv kengashi o‘z ichiga quyidagilarni olgan “Axborot siyosati to‘g‘risida nizom”ni tasdiqlaydi:
Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish maqsadida AJ:
AJda samarali ichki nazorat tizimini joriy qilish uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi “Ichki nazorat to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlaydi. U quyidagilardan iborat bo‘ladi:
“Ichki nazorat to‘g‘risidagi nizom” AJ xodimlari, boshqaruv va nazorat organi a’zolari uchun rioya etilishi majburiy bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
AJ “Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq, kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam bo‘lmagan (ammo ustavda ko‘zda tutilgan kuzatuv kengashi a’zolari sonining 15 foizidan kam bo‘lmagan) mustaqil a’zo kiritadi.
Quyidagilar AJ kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lishi mumkin:
Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini ta’minlash uchun AJ boshqaruv va nazorat organlari:
AJ aksiyadorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini ta’minlash uchun AJ yuqorida qayd etilgan tavsiyalarni aks ettiruvchi zarur ichki hujjatlarni qabul qiladi.
Uzoq muddatli istiqbolga oid rivojlanish strategiyasi va vazifalarni belgilash uchun AJ boshqaruv organi:
Kuzatuv kengashi ijroiya organi, AJ ichki nazorat organi, AJda tashkil etilgan kollegial organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, zarur bo‘lganda, AJ rivojlanish rejasini ishlab chiqishni tashkil etish va unda belgilangan maqsadlarga erishish monitoringi uchun ekspertlarni jalb etadi.
AJ majburiy ravishda aksiyadorlari tarkibiga (qonun hujjatlari belgilangan holatlardan tashqari) AJni boshqarish, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish va uni tashqi bozorga eksport qilishda ishtirok etuvchi strategik xorijiy investorlarni jalb qiladi.
Ijroiya organining aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmini joriy etish uchun AJ boshqaruv organlari:
Ijroiya organining aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmlarini joriy etish uchun AJ yuqorida qayd qilingan tavsiyalarni aks ettiruvchi zarur ichki hujjatlarni qabul qiladi.
Manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog‘liq vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun AJ o‘z ichiga quyidagilarni oluvchi manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi:
Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy etish uchun AJda:
Kuzatuv kengashi tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish, joriy etish va muntazam baholanishi bo‘yicha ishlarning qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq tarzda amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.
Axborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida e’lon qilish uchun AJda:
Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringini amalga oshirish uchun AJ korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazadi,
bu ishni amalga oshirish uchun mustaqil tashkilotni jalb qilish tavsiya etiladi.
AJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.
AJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash AJga mulkiy munosabat orqali bog‘liq bo‘lmagan tashkilot bilan tegishli shartnoma asosida amalga oshiriladi.
AJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholashni quyidagi tashkilotlar o‘tkazishi mumkin:
Korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun mustaqil tashkilotni tanlash AJ kuzatuv kengashining qarori bo‘yicha tanlov asosida o‘tkaziladi.
AJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadigan savolnoma asosida o‘tkaziladi.
AJda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalari AJ saytida shunday baholashni o‘tkazgan tashkilot xulosasi bilan birgalikda e’lon qilinadi.
Davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etuvchi davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat hokimliklari va boshqa davlat tashkilotlari:
Kodeks tavsiyalariga rioya qilmaslik davlat organlari tomonidan chora qo‘llanishga olib kelmaydi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi AJ mansabdor shaxslariga Kodeks tavsiyalariga rioya etmaganlik yoki Kodeksda nazarda tutilgan axborotlarni oshkor etmaganlik uchun javobgarlik chorasini o‘rnatishga haqli.
AJda Kodeks tavsiyalarini joriy etish yuzasidan nazorat qilishni kuzatuv kengashi amalga oshiradi.
Aksiyadorlik jamiyatlariga Korporativ boshqaruv kodeksini tayyorlash va joriy etish bo‘yicha
TAVSIYA ETILADIGAN CHORA-TADBIRLAR
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari |
1-bosqich
Tayyorgarlik |
AJ ijroiya organi | 1. Korporativ boshqaruv kodeksini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi guruhini tashkil etish. | Korporativ boshqaruv kodeksini qabul qilgandan keyin bir oy mobaynida |
AJ ijroiya organi
|
2. Ichki hujjatlarni qabul qilish yuzasidan kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun takliflarni ishlab chiqish va kiritish. | Ishchi guruhi tashkil etilgandan so‘ng ikki oy mobaynida | |
AJ kuzatuv kengashi | 3. Ishlab chiqilgan ichki hujjatlarning kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullanishi. | Materiallarning kuzatuv kengashiga taqdim etilgan sanasidan boshlab bir oy mobaynida | |
2-bosqich
Joriy etish |
AJ kuzatuv kengashi |
1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish masalasini kiritish va xabar berish shaklini tasdiqlash | Kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangandan keyin bir oy mobaynida |
AJ kuzatuv kengashi | 2. Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish va xabar berish shaklini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi. | Kuzatuv kengashi tomonidan chaqirilgan aksiyadorlarning tegishli umumiy yig‘ilishida | |
AJ ijroiya organi | 3. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan AJda Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilish. | Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlangandan keyin 10 kun muddat ichida | |
3-bosqich
Monitoring |
AJ ijroiya organi | 1. AJda korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun mustaqil tashkilotni tanlash uchun konkurs o‘tkazish. | korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazishdan bir oy avval |
Mustaqil tashkilot | 2. AJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholashni o‘tkazish va ularning natijalarini kuzatuv kengashiga taqdim etish | Bir yilda kamida bir marta | |
AJ kuzatuv kengashi | 3. AJda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini AJ kuzatuv kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqish. | Kuzatuv kengashining yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishida | |
AJ ijroiya organi | 4. AJda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rish. | Kuzatuv kengashi qarorida belgilangan muddatlarda | |
AJ kuzatuv kengashi | 5. AJda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish. | Qonunchilikda belgilangan muddatlarda |
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o‘z faoliyatiga qabul qilganligi to‘g‘risida
XABAR BERISH SHAKLI
«Granit» Aksiyadorlik Jamiyati
(aksiyadorlik jamiyati nomi)
“Granit” AJ shuni ma’lum qiladiki, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining “30” iyun 2016 yildagi № 1 – sonli qarori bilan jamiyat tomonidan “30” iyun__2016 yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining “31”dekabr 2015 yil № 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o‘z faoliyatiga qabul qilganligi to‘g‘risida
XABAR BERISH SHAKLI
(aksiyadorlik jamiyati nomi)
“_____________” AJ shuni ma’lum qiladiki, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining “___” __________ 20__ yildagi №____ qarori bilan jamiyat tomonidan “____” ___________20__yildan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining
“____” ______ 201__yil №_________ bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.
(Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan qo‘shimcha ma’lumot)
Ma’lumot
Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv kodeksining qoidalari va tamoyillari ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi PQ-2327-son qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan yil davomida amalga oshiriladi hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha kompleks tahlil va aniq takliflar har bir moliyaviy yil yakunlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlari muhokamasiga kiritiladi.