uzruen 
DIQQAT! Sayt test rejimida ishlamoqda!         
+998 90 087-67-76
ISHONCH TELEFONI
ziadingranit@mail.ru
ELEKTRON POCHTA
@granitaj
TELEGRAM MANZIL

JAMIYAT HAQIDA

JAMIYAT FAOLIYATINING SOHASI (ASOSIY YO‘NALISHLARI)
VA MAQSADI

3.1. Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan foyda olishdir.

3.2. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat ko‘rsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:

* Tosh konidan portlatish yo‘li bilan granit hamda ohak toshlarini qo‘porib olish va maydalash sexlariga uzatish;

* Granit va ohak toshlarni xar hil o‘lchovlar bilan maydalash va ularni vagonlarga va avtomobillarga ortish xamda sotish;

* Xar xil o‘lchovdagi granit va ohak toshlarning savdosini tashkil qilish uchun turli korxonalar bilan shartnomalar tuzish;

* Xom-ashyo, mahsulot va ehtiyot qismlar sotib olish;

* Ishchilarni sut va sut mahsulotlari bilan taminlash;

* Asosiy vositalar sotib olish, sotish hamda ijaraga olish va ijaraga berish;

* Burg‘ulash va portlatish ishlari;

* Ulgurji savdo;

* Ohakli, gips va mahalliy bog‘lovchi materiallarni va mahsulotlarni ishlab chiqarish;

* Ohak, gips, gipsli quruq suvoq materiali, gipsbetonli tusik panellarini va shu kabilarni, ohak-putsolanli, ohak-shag‘alli sementlarni va mahalliy bog‘lovchi materiallarni ishlab chiqarish;

* Xo‘jalik usulida qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi;

* Transport vositalari bilan hizmat ko‘rsatish va ularni ijaraga berish;

* Qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

* Umumiy ovqatlanish inshoatlari, oshxona, kafe, bar va restoranlar ochish;

* Ip-gazlama sanoati va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;

* Temir yo‘llarni qurish va kapital ta’mirlash;

* Avtomobil yo‘llarni qurish va kapital ta’mirlash;

* G‘isht ishlab chiqarish va sotish;

* «Akfa» eshik va deraza romlarini ishlab chiqarish va sotish;

* Ganch, ohak, gips kartonlar ishlab chiqarish;

* Beton va qurilish materiallarini ishlab chiqarish;

* Asfalt-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish;

* Ikkilamchi xom-ashyo sotib olish, undan rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;

* Polimer plyonka, quvur va listlar ishlab chiqarish;

* Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;

* Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanish va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish;

* Mebel jixozlari ishlab chiqarish va sotish;

* Marmar plitalari ishlab chiqarish va sotish;

* Elektr jixozlarini ta’mirlash va montaj qilish;

* Kran va mexanizmlar bilan xizmat ko‘rsatish;

* Konsalting xizmatlari qo‘rsatish;

* Avtomobillarga texnik xizmatlar ko‘rsatish va ta’mirlash;

* Avtomobillarga va ularga tegishli avto ehtiyot qismlar keltirib sotish;

* Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish;

* Aholiga transport xizmatlarini tashkil etish va ijaraga berish;

* Kanselyariya mollari va buxgalteriya hisob-kitob blankalarini ishlab chiqarish va sotish;

* Tijorat vositachilik va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish, qo‘shma firma tarmoqlarini, tijorat markazlari, vositachi va chakana savdo do‘konlari, uylari, ulgurji yarmarkalar ochish;

* Bino va inshoatlarni ijaraga berish;

* Gaz va neft mahsulotlarini olib kelish va sotish, mebel, eshik va deraza romlarini ishlab chiqarish (maxsus ruxsatnoma olgandan so‘ng);

3.3. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa faoliyat turlarini o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi mumkin.