«Granit» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!!!
E ‘ L O N !!!
2023 yil 26-iyun kuni soat 11-00 da “Granit” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2022 yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat majlislar zalida o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10-00 dan boshlanadi.
Manzil: Samarkand viloyati, Paxtachi tumani Xayrobod QFY, “Granit” aksiyadorlik jamiyati majlislar zali.
Yig‘ilish kun tartibi:
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
- Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
- Jamiyat kuzatuv kengashining 2022 yil yakunlari bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hisoboti va hisobot davrida qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash.
- Jamiyat bosh direktori O.R.Eshqulovning 2022 yil biznes-rejasi bajarilishi yuzasidan hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2022 yil moliyaviy yil yakunlari buyicha auditorlik tashkilotining hulosasini tasdiqlash.
- Jamiyat taftish komissiyasining 2022 yil yakunlari bo‘yicha hulosasini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik xisobotlarini buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
- Taftish komissiyasini tugatish va Taftish komissiyasi nizomini bekor qilish.
- Jamiyat bosh direktori bilan tuzilgan mexnat shartnomasini uzaytirish yoki uni bekor qilish.
- Jamiyatning yangi taxrirdagi ustavini va strukturasini tasdiqlash.
- “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish tug‘risida”gi qonunining 51-moddasiga asosan aksiyaning egasi yoki qonuniy huquqiy vorisi yohud merosxuri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirishni tasdiqlash;
Yigilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2023 yil 23-iyun xolatiga shakllantirilgan aksiyadorlarning reyestriga asosan tuziladi.
Umumiy yig‘ilishda qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga ta’luqli bo‘lgan qo‘shimcha malumot va materiallar bilan «Granit» aksiyadorlik jamiyatida tanishishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tug‘risida»gi Qonunining 62-moddasi talablariga muvofiq aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tug‘risidagi xabar aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuborilishi belgilangan. Shu munosabat bilan uzingizning elektron pochta manzilingizni jamiyatning ziadingranit@mail.ru elektron pochtasiga taqdim etishingizni suraymiz.
Malumot uchun telefonlar: +99890 – 087-50-55
“Granit” AJ Ijroiya organi