uz 
DIQQAT! Sayt test rejimida ishlamoqda!         
+998 90 087-67-76
ISHONCH TELEFONI
ziadingranit@mail.ru
ELEKTRON POCHTA
@granitaj
TELEGRAM MANZIL

E’LON! «Granit» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi to’g’risida

HURMATLI AKSIYADORLAR! 

“Granit” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda-jamiyat)
2025-yilning 25-aprel kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Xayrobod QFY, “Granit” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini maʼlum qiladi.

Aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reestr shakllantirilgan sana – 08.04.2025y.

Yigʻilishda ishtirok etish uchun reestr shakllantirilgan sana – 21.04.2025y.

Umumiy yigʻilish oʻtkazish vaqti: 11:00

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 10:00 dan boshlanadi.

Yigʻilish kun tartibi

– Sanoq komissiyasi tarkibining soni va nomzodlarini tasdiqlash;

– Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;

– Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosi vakolatini muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida;

– Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosini saylash toʻgʻrisida.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillaridan esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi.

Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar bilan “Granit” AJ (manzil: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Xayrobod QFY, “Granit” aksiyadorlik jamiyati bosh binosi)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha tanishish mumkin. Telefon: (77) 114-74-00,   veb-sayt: www.granitaj.uz