«GRANIT» AKSIYADORLIK JAMIYATI
AKSIYADORLARINING YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHI
BAYONNOMASI №1
Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan sana va vaqt: 2022 yil 30 iyun soat 11:00
Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan joy: Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Xayrobod” MFY “Granit” AJning majlislar zali
«Granit» AJning (bundan keyin matnda jamiyat deb nomlanadi) jami aksiyalari soni:
584 061 dona oddiy 23 192 dona egasi yozilgan imtiyozli aksiyalar tashkil qiladi.
Jamiyatning ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan jami aksiyalari soni:
584 061 dona oddiy xujjatsiz aksiyalarni tashkil qiladi.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etayotgan ovozlar soni: 487 995 dona.
Umumiy yig‘ilish kvorumi: 83,5 %.
Yig‘ilish raisi: Fozilov Ulugbek Turopovich –
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Yul xujaligi boshqarmasining kapital tamir va sanoat korxonalari bulimi boshligi, «Granit» AJ kuzatuv kengashi a’zosi;
Yig‘ilish kotibi: Ablakulov G‘ayrat – «Granit» AJ da aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar mutaxassisi.
Yig‘ilishda ishtirok etuvchilar:
Mazkur majlis karantin qoidalariga rioya qilinib, oraliq masofa saqlanib, har bir majlis ishtirokchilarinig tana xaroratlari o‘lchanib, tibbiyot niqoblari taqilgan holda «Granit» AJning majlislar zalida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 58-moddasiga hamda jamiyat ustaviga muvofiq, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan biri ya’ni U.T.Fozilov olib boradi.
Yig‘ilishni U.T.Fozilov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi umumiy yig‘ilishda ro‘yxatdan o‘tgan aksiyadorlar ya’ni yig‘ilish kvorumi haqida ma’lumot berishni so‘rab sanoq komissiyasi raisi U.Bolliyevga so‘z berdi.
Sanoq komissiyasi axboroti:
Qimmatli qog‘ozlarning Markaziy depozitariysi tomonidan 2022 yil 24 iyun holatiga shakllantirilgan «Granit» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlar reyestriga muvofiq, «Granit» AJning jami ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalar soni 584 061 dona oddiy aksiyalar ekanligi, undan 487 995 dona aksiya egalari bugungi yig‘ilishda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tganligi, bu jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining 83,5 foizini tashkil etishini, amaldagi qonunchilikka asosan umumiy yig‘ilish kvorumi to‘planganligi, yig‘ilish vakolatli ekanligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng yig‘ilish raisi U.T.Fozilov yig‘ilishni ochiq deb e’lon qildi, majlisni tartibli olib borish uchun yig‘ilish ishchi apparatini, ya’ni ishchi prezidiumi, yig‘ilish raisini, kotibiyatni va sanoq komissiyasini saylab olinishi zarurligini aytib, ishchi prezidiumga quyidagi nomzodlarni taklif etdi:
U.T.Fozilov | Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosi; | |
G.O.Nurmatov | Steel Special Dekor” MCHJ KK direktori; | |
O.R.Eshkulov | Jamiyat bosh direktori v.b.; | |
Yig‘ilish raisi etib amaldagi qonunchilik talabiga ko‘ra kuzatuv kengashi a’zosi Fozilov Ulugbek Turopovich nomzodi tavsiya qilindi va ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan tasdiqlandi.
Yig‘ilishda bildirilgan taklif va muloxazalarni qayd qilish va yig‘ilish bayonini olib borish uchun kotiblikka «Granit» AJning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar mutaxassisi Ablakulov G‘ayrat nomzodi tavsiya qilindi va ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan tasdiqlandi.
Shundan so‘ng yig‘ilish raisi prezidium a’zolaridan o‘z o‘rinlarini egallashlarini so‘radi va yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masalaga o‘tib, quyidagilarni ma’lum qildi, ya’ni «Granit» AJ kuzatuv kengashining 2022 yil 8 iyundagi bo‘lib o‘tgan majlisida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar, yig‘ilishni olib borish reglamenti loyihasi va canoq komissiyasiga saylanadigan nomzodlar o‘rganib chiqilib, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi uchun tavsiya etilgan.
So‘z davomida U.T.Fozilov yig‘ilish kun tartibi va uni olib borish reglamentini yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirdi:
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
KUN TARTIBIDA:
Umumiy yig‘ilish raisi U.T.Fozilov kun tartibidagi ko‘riladigan masalalar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Kun tartibidagi birinchi masala (Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi sanok komissiyasi tarkibini tasdiqlash) yuzasidan umumiy yig‘ilish raisi aksiyadorlarga tushuntirish berdi.
Umumiy yig‘ilish sanok komissiyasi 3 (uch ) kishidan iborat bo‘lgan sanok komissiyasi tarkibiga quyidagilarni saylash taklifini kiritdi.
1) Bolliyev U.E. – jamiyat ishchisi;
2) Maxmudov Sh.D. – jamiyat ishchisi;
3) Xujakulov L.N. – jamiyat ishchisi.
Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha ya’ni yig‘ilish Sanoq komissiyasi tarkibi tasdiqlash uchun ovoz berilishini so‘radi.
Ovoz berish natijalari:
Rozilar – 99,97 foiz 487891 ta ovoz;
Betaraflar – 0,03 foiz 104 ta ovoz.
Qarshilar – yo‘q
Kun tartibidagi ikkinchi masala (Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash) yuzasidan umumiy yig‘ilish raisi aksiyadorlarga tushuntirish berdi.
Umumiy yig‘ilish reglamenti so‘zga chiquvchilar uchun o‘n daqiqagacha savol va javoblarga besh daqiqa vaqt ajratiladi degan taklifni kiritdi.
Ovoz berish natijalari:
Rozilar – 100 foiz 487995 ta ovoz;
Betaraflar – yo‘q
Qarshilar – yo‘q.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi uchinchi masala (Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 yil yakunlari buyicha jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiradigan masalalar buyicha xisoboti va xisobot davrida kabul kilingan karorlarini tasdiklash)yuzasidan жамият Кузатув кенгаши a’zosi U.T. Fozilov xisoboti tinglandi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan o‘z vakolati doirasida jamiyatni korporativ boshkaruv tamoyillariga amal qilgan xolda boshkarish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdilar. Bu amalga oshirilgan ishlarda kuzatuv kengashi azolarining har biri faol ishtirok etdi. Jamiyat kuzatuv kengashi azolarining soni besh kishidan iborat.
Kuzatuv Kengash o‘z faoliyati davomida qonunchilikda belgilangan koidalar asosida ish olib borib, hisobot davrida jamiyat iqtisodiy-moliyaviy, mutaxassislar, tekshiruv natijalariga bag‘ishlangan jami 2021 yil davomida 6 marta yig‘ilish o‘tkazilidi.
Har chorak yakunida ijroiya organi rahbarining hisoboti eshitilib borildi. 2021 yilda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha va boshqa chiqarilgan jamiyat kuzatuv kengashi qarorlarini umumiy yig‘ilishda tasdiqlanishi xavola qilinmokda.
Jamiyatda 2021 yil 26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi 2020 yil yakuni buyicha yig‘ilishida qabul qilingan qarorga asosan aksiyadorlarga hisoblangan dividendlarni to‘lanishi to‘g‘risida matbuotda e’lon kilindi va bu to‘lovlar o‘z vaktida to‘lik amalga oshirilgan.
Jamiyatning 2022 yil uchun biznes-rejasi kuzatuv kengashining 2021 yil 29-noyabrdagi yig‘ilishida tasdiqlangan. .(Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 yilda korporativ boshqaruv talablarini bajarilishi bo‘yicha hisoboti ilova qilinadi).
Ushbu kuzatuv kengashi hisobotini va kuzatuv kengashi qabul qilgan qarorlarini tasdiqlab berishlaringizni so‘rayman.
Kun tartibidagi 3-masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar 100 foiz 487995 ta ovoz;
Betaraflar yuk;
Karshilar yuk;
Shundan so‘ng, kun tartibidagi turtinchi masala (Jamiyatning 2021 yil yakunlari buyicha korporativ boshkaruv faoliyatini baxolash buyicha berilgan xulosani tasdiklash)yuzasidan jamiyat Kuzatuv kengashi a’zosi U.T. Fozilov xisoboti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31-martdagi PK-2327 sonli qarori bilan tashkil etilgan «Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshkaruv kodeksi amaliyotga joriy etilgan.
Ushbu kodeks aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari ishini samarali tashkil etishning muhim yunalishlari bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat ekanligini kodeks xisobdorlik, ochiqlik, xaqqoniylik, yuksak axloqiy tamoyillarga rioya etishni o‘z ichiga oluvchi hamda aksiyadorlik jamiyatini uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tegishli boshqaruvning asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu kodeksga asosan jamiyatlar har yili kodeks tavsiyalariga rioya etish jarayonini baholatish uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan baholatish nazarda tutilgan. Shuning uchun jamiyatning bir yillik faoliyati jarayonida kodeks tavsiyalariga rioya etilishi yuzasidan baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilot «Samarqand Vakt» MCHJ tomonidan «qoniqarli» deb baho berilgan.
Ushbu korporativ boshqaruv faoliyati bo‘yicha berilgan hulosani tasdiqlab berishlaringizni so‘rayman.
Kun tartibidagi 4-masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar 99,97 foiz 487891 ta ovoz;
Betaraflar yuk;
Karshilar 0,03 foiz; 104 ta ovoz;
Kun tartibidagi beshinchi masala (Jamiyat 2021 yil biznes-rejasi bajarilishi yuzasidan bosh direktor v. b. O.R.Eshkulovning hisobotini tasdiqlash) yuzasidan jamiyat bosh direktori v.b. O.R.Eshkulovning hisoboti tinglandi. (Hisobot ilova kilinadi).
“Granit” aksiyadorlik jamiyati 2021 yil davomida kuyidagi kursatkichlar bilan uz ishini yakunladi:
Jamiyatda 2021 yil davomida 273 969 m³ sheben xamda xarsang tosh maxsuloti sotildi. Shundan oxak sheben maxsuloti 9245 m3 tashkil etadi, xarsang tosh esa 264 724 m3 tashkil etadi.
Sotilgan xarsang tosh maxsulotining 5 foizini «Uzbekiston temir yullari» AJga kolgan 95 foizi kichik va urta biznes korxonalariga sotildi.
2021 yilda ishlab chikarilgan maxsulotni sotishdan olingan sof tushum, yani istemolchilarga 11 531 294 000 sumlik maxsulot sotilgan. Biznes-reja 77,5 foizga bajarildi. Solishtirma narxlardagi maxsulot xajmi 83,3 foizga, amaldagi narxlardagi maxsulot xajmi xam 83,3 foizga bajarildi.
Bundan tashkari jamiyatning ijaraga berilgan bino-inshoatlari, transport vositalarini ijaraga berishdan tushgan tushum bir yilda 2 737 578 000 sumni tashkil etdi.
Moliyaviy faoliyatning boshka daromadlari 1 537 000 sum.
Shundan jami daromad 14 270 409 000 sumni tashkil etadi.
Jami xarajat 13 063 590 000 sumni tashkil etadi.
Moliyaviy faoliyatning boshka xarajatlari 257 000 sumni, maxsulot tannarxi 5 237 871 000 sumni tashkil etdi.
Jumladan, xom-ashyo materiallariga 32 350 000 sum sarf kilindi. Elektr energiya xarajatlari 170 701 000 sumni, yokilgi maxsulotlari xarajatlari 343 201 000 sumni, burgulash va portlatish ishlari 3 213 139 000 sumni tashkil etdi. Asosiy vositalar eskirishi 475 088 000 sumni, ish xaki fondi 388 059 000 sumni tashkil etib, ish xakiga xisoblar (12%li ajratma) 46 567 000 sumni, extiyot kismlar 93 793 000 sumni, sertifikatlash va laboratoriya ishlariga 222 254 000 sumni,geologiya va kidiruv ishlariga 202 565 000 sum sarflandi.Boshka xarajatlar 50 154 000 sumni tashkil etdi.
Davr xarajatlari 7 825 462 000 sumni tashkil etdi. Masalan mamuriy xarajatlar 1 134 472 000 sumni, shundan ish xakisi 956 556 000 sumni, 12 foizli ish xakiga xisoblar 116 648 000 sumni tashkil etdi. Yengil avtomashina xarajatlari 12 637 000 sumni, asosiy vositalar eskirishi 38 251 000 sumni, safar xarajatlari 8 459 000 sumni kanselyariya maxsulotlari xarajatlari 1 921 000 sumni tashkil etdi. Boshka operatsion xarajatlar 6 690 990 000 sumni tashkil etadi.
Jumladan bank xizmatiga 38 615 000 sum, kasb kasalligiga 390 005 000 sum, budjetga tulovlar buyicha 3 870 704 000 sum, 12-moddaga (imtiyozli pensiyaga chikuvchilar uchun) 95 000 000 sum tulangan.Asosiy vositalar iznosi 1 888 805 000 sum. Boshka xar xil tulovlarga 407 861 000 tulangan.
Umumxujalik faoliyatning foydasi 1 206 819 000 sumni tashkil etib, shundan foyda soligiga 193 563 000 sum tulangan. Shundan kurinib turibdiki, 2021 yilda 1 013 256 000 sum sof foyda olingan.
2021 yil biznes-rejasiga asosan 771 705 000 sum foyda olish kuzda tutilgan edi, xakikatda esa 1 013 256 000 sum sof foyda olindi va biznes-reja 131,3 foizga bajarildi.
Ishlab chikarish rentabilligi 176,9 foizni tashkil kildi.
2022 yil 01-yanvar xolatiga debitorlar 11 352 288 000 sumni, kreditorlar esa 4 192 887 000 sumni tashkil etdi. Ish xaki va unga tenglashtirilgan mablaglarni tulash uz vaktida amalga oshirildi.
2020 yil yakunlari bilan aksiyadorlarga xisoblangan dividendlar 2021 yil davomida karor kabul kilingandan sung 60 kun ichida uz vaktida tulangan bulib, xozirda ushbu dividend tulovlaridan karzdorlik mavjud emas.
Shundan so‘ng umumiy yig‘ilish raisi so‘zga chiqib, ushbu jamiyat ijroiya organi raisining hisobotini aksiyadorlardan tasdiqlab ovoz berishlarini so‘radi.
Kun tartibidagi 5-masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar 99,97 foiz 487891 ta ovoz;
Betaraflar yuk;
Karshilar 0,03 foiz; 104 ta ovoz;
Kun tartibidagi oltinchi masala (Jamiyatning 2021 yil moliyaviy yil yakunlari buyicha “Afrosiyob – Audit – Standart” auditorlik tashkilotining tekshiruv xulosasini tasdiklash) yuzasidan, jamiyat bosh xisobchisi G.X.Ablakulov so‘zga chiqib, 2022 yil 12 may kuni berilgan milliy auditorlik standartlari xamda Xalkaro Moliyaviy Xisobotlar Standartlari buyicha “Afrosiyob – Audit – Standart” MCHJ auditorlik tashkiloti tomonidan 2021 yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish hulosasini o‘kib eshittirdi.
Ushbu auditorlik tashkilotining fikricha xo‘jalik yurituvchi subyekt «Granit»AJ moliyaviy xisobotlari uning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks ettiradi va mazkur xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga xamda buxgalteriya hisobi milliy standartlariga to‘g‘ri keladi degan xulosani bergan.
Kuzatuv kengashi tomonidan auditorlik tashkilotining xulosasi ma’lumot uchun kabul kilindi va uni tasdiqlash uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi. (Auditorlik xulosasini to‘liq matni ilova qilinadi).
Shundan so‘ng umumiy yig‘ilish raisi aksiyadorlardan tashqi audit hulosalarini tasdiqlab ovoz berishlarini so‘radi.
Kun tartibidagi 6-masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar 99,97 foiz 487891 ta ovoz;
Betaraflar yuk;
Karshilar 0,03 foiz; 104 ta ovoz;
Kun tartibidagi yettinchi masala (Jamiyat taftish komissiyasining 2021 yil yakunlari buyicha xulosasini tasdiklash) yuzasidan jamiyat taftish komissiyasi raisi uzrli sabablarga ko‘ra yig‘ilishda ishtirok etaolmayotganligi sababli hulosani jamiyat kuzatuv kengashi azosi U.T.Fozilov yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirdi.
Bizning fikrimizcha, xo‘jalik yurituvchi subyekt «Granit» AJ aksiyadorlik jamiyati moliyaviy hisoboti va uning moliyaviy ahvolini xaqqoniy aks ettiradi va mazkur xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarining talablariga muvofik keladi. (Xisobot ilova qilinadi)
Shundan so‘ng yig‘ilish raisi so‘zga chiqib, ushbu jamiyat taftish komissiyasining xisobotini aksiyadorlardan tasdiqlab berishlarini so‘radi
Kun tartibidagi 7-masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar 99,97 foiz 487891 ta ovoz;
Betaraflar yuk;
Karshilar 0,03 foiz; 104 ta ovoz;
Kun tartibidagi sakkizinchi masala (Jamiyatning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari xisobvaraklarini va 2021 yil yakunlari buyicha olingan sof foydani taksimlash tartibini tasdiklash ) yuzasidan jamiyat bosh xisobchisi G.X.Ablakulov so‘zga chiqib, 2021 yil yakunlari buyicha jamiyat balansini va moliyaviy natijalar xisobotini aksiyadorlarga o‘kib eshittirdi. (Jamiyat balansi va moliyaviy natijalari ilova qilinadi)
Shundan so‘ng umumiy yig‘ilish raisi so‘zga chiqib, jamiyat kuzatuv kengashining 2022 yil 8 iyundagi yig‘ilishida kuzatuv kengashi tomonidan 2021 yil yakunlari bo‘yicha olingan 1 013 256 000 so‘m sof foydani 50 foizini – 506 628 000 so‘mni dividend to‘loviga, dividend to‘lovi qonunchilikda belgilangan muddatda ya’ni qaror qabul qilingandan so‘ng oltmish kun ichida naqd pul yoki aksiyadorning arizasiga ko‘ra plastik kartalariga pul ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshirish, sof foydaning 5 foizini – 50 662 800 so‘mni jamiyat zaxira fondiga, sof foydaning 45 foizini – 455 965 200 so‘mni jamiyatni rivojlantirish fondiga yo‘naltirish to‘g‘risida taklif berildi.
Shundan so‘ng umumiy yig‘ilish raisi ushbu jamiyatning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik balansini va moliyaviy natijalarini va sof foydani taqsimlanish taklifini aksiyadorlardan tasdiqlab ovoz berishlarini so‘radi.
Kun tartibidagi 8-masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar 99,92 foiz 487631 ta ovoz;
Betaraflar 0,06 foiz 260 ta ovoz;
Karshilar 0,02 foiz 104 ta ovoz;
Kun tartibidagi tukkizinchi masala (Jamiyat bosh direktori lavozimiga nomzodlarni tasdiklash) yuzasidan umumiy yig‘ilish raisi U.T.Fozilov so‘zga chiqib, Jamiyat ustavining X-BOB “Jamiyatning ijroiya organi” bulimining 10.6-bandida belgilanganidek ijroiya organi raisini tayinlash tugrisidagi karor odatda xorijiy menejerlar xam ishtirok etishi mumkin bulgan tanlov asosida kabul kilinishi mumkin deb kursatib utilgan. Shu munosabat bilan kuzatuv kengashining 2021 yil 4-iyundagi yigilish bayonnoma karoriga asosan jamiyat ustaviga amal kilgan xolda jamiyat ijroiya organi raxbarligiga nomzodlarni tanlov asosida tayinlashga karor kilindi.
Jamiyat tomonidan ijroiya organi raxbarligiga talabgor shaxslardan uzlarining shaxsiy malumotlarini jamiyatga takdim etish yuzasidan www.openinfo.uz Korporativ yagona axborot portaliga xamda jamiyatning korporativ www.granitaj.uz rasmiy veb-saytiga elon berilishiga karamasdan tashkaridan jamiyat raxbarligiga talabgor shaxslar tomonidan xech kanday malumotnomalar kelib tushmagan.Shuning uchun bosh direktor lavozimiga “Uzbekiston temir yullari” AJ boshkaruvi bilan kelishilgan xolda Eshkulov Otabek Rustamovich nomzodini taklif etdi. Jamiyat bosh direktori lavozimiga kuyilayotgan nomzodning ish faoliyati bilan yigilish katnashchilarini tanishtirib utdi.
Ushbu nomzodga uzlaringizda mavjud bulgan ovoz berish byulletenlarga ovoz berishlaringizni surayman.
Shundan so‘ng yig‘ilish raisi aksiyadorlardan ushbu bosh direktor etib saylash masalasi bo‘yicha ovoz berishlarini so‘radi.
Kun tartibidagi 9- masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Eshkulov Otabek Rustamovich;
Rozilar – 97,7 foiz 476945 ta ovoz;
Betaraflar – 0,02 foiz 104 ta ovoz
Qarshilar – 2,28 foiz 10946 ta ovoz.
Yigilish raisi suzga chikib sanok komissiyasiga fakat ushbu masala buyicha ovozlarni sanab chikib, ovoz berish natijalarini elon kilishni suradi.
Ovoz berish natijalari yakunlariga asoslanib sanok komissiyasi yukori ovoz tuplagan nomzod Eshkulov Otabek Rustamovichni elon kildi.
Kun tartibidagi uninchi masala (Jamiyat kuzatuv kengashi azolarini saylash ) yuzasidan umumiy yig‘ilish raisi U.T.Fozilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 76-moddasiga asosan Kuzatuv kengashi a’zolari uch yil muddatga saylanishini, saylangan nomzodlar yil yakuni natijalari bo‘yicha qayta saylanishi mumkinligini yig‘ilish qatnashchilariga eslatib o‘tdi.
Ushbu qonunning 63-moddasiga binoan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining xammasi bo‘lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat moliya yili tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyatning ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishi mumkinligini hamda Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) o‘zlari ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay o‘zgartishlar kiritishga haqli. eslatib o‘tdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2021 yil 29-yanvardagi №01/345-21- sonli xatida kuzatuv kengashiga saylash bo‘yicha bir nechta nomzodlar tavsiya qilinganligini malum kildi.
Yuqoridagi qonunning 63 – moddasiga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan quyidagi nomzodlar kuzatuv kengashi a’zoligi tavsiya etilgan:
1. |
Omonov Xayitbay Axmadaliyevich |
– |
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari v.b; |
2. |
Saidova Feruza Anvarovna |
– |
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ personalni boshqarish |
3. | Ummatov Erkin Raxmanovich | – |
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Yul xujaligi boshkarmasi boshlig‘i;
|
4. Atajanov Kamal Atavayevich
5. Tursunov Xasan Iskandarovich |
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshkarmasi boshlig‘i;
«Uzbekiston temir yullari» AJ Investitsiyalarni jalb kili shva investitsiya loyixalarini amalga oshirish boshkarmasi boshligi v.b.
|
Yig‘ilish ishtirokchilarni Kuzatuv kengashi a’zoligiga saylanadigan nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, aksiyadorlar har bir nomzod bo‘yicha o‘z fikrini ovoz berish byulletenlarida kumulyativ ovoz berish yo‘li bilan bildirishlari mumkinligini eslatib o‘tdi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibini saylash bo‘yicha nomzodlarga ovoz berishni so‘radi.
Kuzatuv kengashi tarkibiga saylanish uchun kumulyativ ovoz berish natijasi:
Omonov Xayitbay Axmadaliyevich:
Ovozlar – 456 236 ovoz.
Ovozlar – 455 716 ovoz.
Ummatov Erkin Raxmanovich:
Ovozlar – 465 986 ovoz.
Ovozlar – 455 716 ovoz.
Ovozlar – 455 716 ovoz.
Jamiyat ustaviga muvofik yuqorida ko‘rsatilgan 5–ta Kuzatuv kengashiga nomzodlardan kumilyativ ovoz berish natijasiga va sanoq komissiyasining xulosasiga ko‘ra keraklicha ovoz to‘plab 5 nafar nomzodlar jamiyat Kuzatuv kengashi azoligiga uch yilga saylandilar.
Jamiyat aksiyadori Tuxtashev B. suzga chikib, jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga jamiyataksiyadorlaridan bir kishini kiritish lozimligi tugrisida taklif kiritdi. Kuzatuv kengashi raisi va boshka azolari nima sababdan yigilishda kelmaganini yigilish raisidan tushuntirib berishni talab kildi. Ularga xar oyda beriladigan ragbatlantirish pullarini tulamaslik kerakligi tugrisida gapirib, aks xolda boshka barcha aksiyadorlar boshka joyga murojat kilishga tugri kelishini takidladi.
Shundan sung jamiyat aksiyadori Achilov F. suzga chikib, kuzatuv kengashi raisi umumiy yigilishda katnashishi shartligi va yigilishga raislik kilishi tugrisida konunda belgilab kuyilganligini takidlab kuzatuv kengashini olib borayotgan ishlaridan mutloka norozi ekanligini bildirdi. Nima uchun yigilishga fakat Fozilov U. katnashayotganligini boshka azolar kelmaganligini tushuntirib berishni suradi. Kuzatuv kengashi azolariga jamiyat tomonidan xar oyda tulanayotgan ish xakini tulamaslik kerakligini aytib utdi. Aks xolda aksiyadorlarni xukuklarini ximoya kilish uchun aksiyadorlar tomonidan murojat kilishligini aytdi.
Jamiyat aksiyadori Ablakulov X. suzga chikib, yigilishda kuzatuv kengashi raisi va azolaridan xech kim katnashmayotganligi minoritar aksiyadorlarni nazar pisand kilmayotganligidan dalolat beradi. Vaxolanki ularga xar oyda ish xaki tulanayotganligi ular olayotgan ushbu mablaglarga nisbatan ishlamayotganligi boshka aksiyadorlar bundan norozi ekanligini takidlab utdi.
Kun tartibidagi un birinchi masala (Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash hamda ularga o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun tulanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash) yuzasidan jamiyat umumiy yig‘ilish raisi U.T.Fozilov so‘zga chiqib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan taftish komissiyasiga saylash bo‘yicha bir nechta nomzodlar tavsiya qilinganligini ma’lum qildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2022 yil 18-maydagi №01/1628-22- sonli xatida taftish komissiyasi a’zolarini saylash bo‘yicha bir nechta nomzodlar tavsiya qilinganligini malum kildi. Bular:
Dadabayev Bekzod Narimovich | – | «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshkaruv raisi urinbosari referanti; |
Abduxakimova Nozima Rovshanovna | – | «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi yetakchi mutaxasisi; |
Dusmatov Xojiakbar Farxod ug‘li | – | «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi mutaxasisi.
|
Ushbu yuqorida o‘qib eshittirilgan taftish komissiyasi a’zolarini tasdiqlab ovoz berishlarini so‘radi.
Taftish komissiyasi tarkibiga saylanish uchun ovoz berish natijalari:
Dadabayev Bekzod Narimovich:
Tarafdor – 457718 ovoz, Qarshi – 30277 ovoz, Betaraf – yo‘q.
Abduxakimova Nozima Rovshanovna:
Tarafdor – 458147 ovoz, Qarshi – 29848 ovoz, Betaraf – yo‘q.
Dusmatov Xojiakbar Farxod ugli:
Tarafdor – 457887 ovoz, Qarshi – 30108 ovoz, Betaraf – yo‘q.
Jamiyat ustaviga muvofik yuqorida kursatilgan 3 nafar taftish komissiyasiga nomzodlardan ovoz berish natijasiga va sanoq komissiyasining hulosasiga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 3 nafar nomzodlar jamiyat taftish komissiyasi a’zoligiga bir yilga saylandilar.
Jamiyat aksiyadori Ibragimov Sh.suzga taftish komissiyasiga saylangan azolardan xisobot yigilishida katnashib xisobot berish uchun xech kim kelmaganligini takidlab, ularga tulanayotgan ish xakini tuxtatishni talab kildi. Umumiy yigilishda ulardan xech bulmaganda birortasi katnashib xisobot berishi shartligini takidlab gapirib utdi. Yigilishda katnashayotgan barcha aksiyadorlar ularning ishidan norozi ekanliklarini bildirishdi.
Kun tartibidagi un ikkinchi masala (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xukuklarini ximoya kilish tugrisida”gi Konunining 51-moddasiga asosan aksiyaning egasi yoki konuniy xukukiy vorisi yoxud merosxuri tomonidan uch yil ichida talab kilib olinmagan dividendlarni jamiyat ijtiyorida koldirishni tasdiklash) yuzasidan umumiy yigilish raisi jamiyat bosh xisobchisi G.Ablakulovga suz berdi.
Xurmatli yigilish katnashchilari jamiyat tomonidan aksiyadorlarga 2017 yil uchun xisoblangan 7 238 824,30 sum dividendlarni aksiyadorlar tomonidan shu vaktgacha uz vaktida kelib olmagan. Uzbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xukuklarini ximoya kilish tugrisida»gi Konunining 51-moddasiga asosan aksiyaning egasi yoki konuniy xukukiy vorisi yoxud merosxuri tomonidan uch yil ichida talab kilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida koldiriladi deb belgilab kuyilganlini aytib utdi. Shu sababli aksiyadorlar tomonidan konunchilikda belgilangan muddatda kelib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida koldirishni taklif etdi.
Shundan so‘ng yig‘ilish raisi so‘zga chiqib, ushbu masala bo‘yicha ovoz berib tasdiqlashni so‘radi.
Kun tartibidagi 12- masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar – 100 foiz 487995 ta ovoz;
Betaraflar – yuq
Qarshilar – yuk.
Kun tartibidagi un uchunchi masala (Jamiyatning yangi taxrirdagi ustavini va korporativ xujjatlarini tasdiklash) yuzasidan jamiyat bosh xisobchisi G.X. Ablakulovga so‘z berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muxitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi isloxotlar to‘g‘risida”gi №PF-101 sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xukuklarini ximoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga tegishli bandlari uzgarishi munosabati bilan qonunchilikda kuzatuv kengashini saylash muddati 3 yilga va ijroiya organi raxbari (direktor) bilan tuziladigan mexnat shartnomasi muddati 3 yilga o‘zgarganligi sababli jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi va jamiyatning korporativ hujjatlariga o‘zgartirish kiritish lozim buladi. Dastlabki tarzda kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan bulib, ushbu uzgartish va kushimchalar kiritilgan yangi taxrirdagi ustavni va boshqa korporativ nizomlarni tasdiqlab berishlaringiz kerak.
Shundan so‘ng yig‘ilish raisi so‘zga chiqib, ushbu yangi taxrirdagi jamiyat ustavini xamda boshka korporativ xujjatlar bo‘yicha ovoz berib tasdiqlashni so‘radi.
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan barcha aksiyadorlar jamiyatning yangi taxrirdagi ustavi va boshqa korporativ xujjatlari bilan tanishib chiqib, uzaro fikr almashganlaridan sung tasdiqlab ovoz berishdi.
Kun tartibidagi 13- masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar 100 foiz 487995 ta ovoz;
Betaraflar yuk;
Karshilar yuk;
Kun tartibidagi un turtinchi masala (Jamiyatning 2022 yil moliyaviy yil yakunlari buyicha Milliy standartlar xamda Xalkaro moliyaviy xisobot standartlar buyicha auditorlik tekshiruvini utkazish uchun auditorlik tashkilotilarining xizmat xaki mikdorini tasdiklash) yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashi azosi U.T.Fozilovga so‘z berildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qushimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kiritilishi munosabati bilan bir qancha qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish tug‘risida”gi qonuniga ham bir qancha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu qonunning 59-moddasi “Aksiyadorlar umumiy yigilishi vakolat doirasi”ga “majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p xaq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish” vakolati berilgan. Shu munosabat bilan jamiyatga kelib tushgan tijorat takliflari kelib tushgan. Jumladan:
“Afrosiyob – Audit- Standart” MCHJ auditorlik tashkilotidan milliy va xalkaro audit xizmat xaki – 57 500 000 so‘m:
“Korifey – Audit” MCHJ auditorlik tashkiloti milliy va halqaro audit xizmat xaki – 46 000 000 so‘m:
“Marikon – Audit” MCHJ auditorlik tashkiloti milliy va halqaro audit xizmat xaki – 46 000 000 so‘m;
“Progress – Audit” MCHJ auditorlik tashkiloti milliy va xalkaro audit xizmat xaki – 45 000 000 sum
“Osiyo – Audit” MCHJ auditorlik tashkiloti milliy va xalkaro audit xizmat xaki – 55 000 000 sum.
Yig‘ilish raisi, aksiyadorlardan audit tashkilotlaridan kelib tushgan takliflar bo‘yicha muxokama qilishni so‘radi.
Jamiyatning aksiyadorlari tomonidan “Marikon– Audit” MCHJ auditorlik tashkiloti ham arzon ham belgilangan talablarga to‘g‘ri kelishini, qolgan tijorat takliflariga nisbatan yaxshiroq ekanligini takidlashdi.
Shundan so‘ng yig‘ilish raisi so‘zga chiqib, ushbu “Marikon– Audit” MCHJ auditorlik tashkiloti masalasi bo‘yicha ovoz berib tasdiqlashni so‘radi.
Kun tartibidagi 14- masala bo‘yicha berilgan ovozlar natijasi:
Rozilar – 100 foiz 487995 ta ovoz;
Betaraflar – yuq
Qarshilar – yuk.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ovoz berish natijalariga ko‘ra
QAROR QILADI :
-sof foydaning 5 foizi (50 662 800 sum) jamiyat zaxira fondiga;
-sof foydaning 45 foizi ( 455 965 200 sum) jamiyatni rivojlantirish fondiga;
-sof foydaning 50 foizi (506 628 000 so‘m) jamiyat aksiyadorlariga dividend to‘lash uchun, bir dona oddiy aksiyaga – 834,29 so‘m miqdorida,bir dona imtiyozli aksiyaga– 834,29 so‘m miqdorida dividend xisoblansin hamda tasdiqlansin.
8.1. Dividendlar to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda nakd pul yoki plastik kartalarga pul ko‘chirish yo‘li bilan qaror qabul qilingandan so‘ng 60 kun ichida to‘lansin.
Jamiyat bosh direktori sifatida sanok komissiyasining xulosasiga kura O.R.Eshkulov nomzodi Kuzatuv kengashi raisi tomonidan bir yil muddatga va/yoki kelgusi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kuniga qadar mehnat shartnomalari tuzilsin.
9.1. Jamiyat bosh direktori kelgusi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan muddatga jamiyatni ishlab chiqarish jarayoniga sidqidildan yondashishlarini va jamiyatning kelgusidagi faoliyatiga faol qatnashishligini, uning majburiyat va ma’suliyatlarini oshirish biznes-reja kursatkichlarini tulik bajarilishini taminlash xamda debitor va kreditor karzlarni keskin kamaytirish ishlarini olib borish yuklatilsin.
«Granit» AJning kuzatuv kengashi tarkibiga quyidagi nomzodlar uch yil muddatga va/yoki kelgusi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kuniga qadar saylansin:
– Omonov Xayitbay Axmadaliyevich, Ummatov Erkin Raxmanovich, Saidova Feruza Anvarovna, Atajanov Kamal Atavayevich, Tursunov Xasan Iskandarovich.
«Granit» AJning taftish komissiyasi a’zoligiga qo‘yidagi nomzodlar bir yil muddatga va/yoki kelgusi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kuniga qadar saylansin:
– Dadabayev Bekzod Narimanovich, Abduxakimova Nozima Rovshanovna, Dusmatov Xojiakbar Farxod ugli;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xukuklarini ximoya kilish tugrisida”gi konunining 51-moddasiga asosan aksiyaning egasi yoki konuniy xukukiy vorisi yoxud merosxuri tomonidan uch yil ichida talab kilib olinmagan 2017 yil uchun aksiyalarga xisoblangan 7 238 824,30 sum olinmagan dividendlar jamiyat ixtiyorida koldirilsin xamda tasliklansin.
Jamiyatning yangi taxrirdagi ustavi xamda boshka korporativ xujjatlari tasdiklansin.
Umumiy yig‘ilish raisi: U.T.Fozilov
Yig‘ilish kotibi: G.X. Ablakulov