JAMIYAT FAOLIYATINING SOHASI (ASOSIY YO‘NALISHLARI)
VA MAQSADI
3.1. Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan foyda olishdir.
3.2. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat ko‘rsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
* Tosh konidan portlatish yo‘li bilan granit hamda ohak toshlarini qo‘porib olish va maydalash sexlariga uzatish;
* Granit va ohak toshlarni xar hil o‘lchovlar bilan maydalash va ularni vagonlarga va avtomobillarga ortish xamda sotish;
* Xar xil o‘lchovdagi granit va ohak toshlarning savdosini tashkil qilish uchun turli korxonalar bilan shartnomalar tuzish;
* Xom-ashyo, mahsulot va ehtiyot qismlar sotib olish;
* Ishchilarni sut va sut mahsulotlari bilan taminlash;
* Asosiy vositalar sotib olish, sotish hamda ijaraga olish va ijaraga berish;
* Burg‘ulash va portlatish ishlari;
* Ulgurji savdo;
* Ohakli, gips va mahalliy bog‘lovchi materiallarni va mahsulotlarni ishlab chiqarish;
* Ohak, gips, gipsli quruq suvoq materiali, gipsbetonli tusik panellarini va shu kabilarni, ohak-putsolanli, ohak-shag‘alli sementlarni va mahalliy bog‘lovchi materiallarni ishlab chiqarish;
* Xo‘jalik usulida qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi;
* Transport vositalari bilan hizmat ko‘rsatish va ularni ijaraga berish;
* Qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
* Umumiy ovqatlanish inshoatlari, oshxona, kafe, bar va restoranlar ochish;
* Ip-gazlama sanoati va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;
* Temir yo‘llarni qurish va kapital ta’mirlash;
* Avtomobil yo‘llarni qurish va kapital ta’mirlash;
* G‘isht ishlab chiqarish va sotish;
* «Akfa» eshik va deraza romlarini ishlab chiqarish va sotish;
* Ganch, ohak, gips kartonlar ishlab chiqarish;
* Beton va qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
* Asfalt-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish;
* Ikkilamchi xom-ashyo sotib olish, undan rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;
* Polimer plyonka, quvur va listlar ishlab chiqarish;
* Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish;
* Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanish va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish;
* Mebel jixozlari ishlab chiqarish va sotish;
* Marmar plitalari ishlab chiqarish va sotish;
* Elektr jixozlarini ta’mirlash va montaj qilish;
* Kran va mexanizmlar bilan xizmat ko‘rsatish;
* Konsalting xizmatlari qo‘rsatish;
* Avtomobillarga texnik xizmatlar ko‘rsatish va ta’mirlash;
* Avtomobillarga va ularga tegishli avto ehtiyot qismlar keltirib sotish;
* Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish;
* Aholiga transport xizmatlarini tashkil etish va ijaraga berish;
* Kanselyariya mollari va buxgalteriya hisob-kitob blankalarini ishlab chiqarish va sotish;
* Tijorat vositachilik va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish, qo‘shma firma tarmoqlarini, tijorat markazlari, vositachi va chakana savdo do‘konlari, uylari, ulgurji yarmarkalar ochish;
* Bino va inshoatlarni ijaraga berish;
* Gaz va neft mahsulotlarini olib kelish va sotish, mebel, eshik va deraza romlarini ishlab chiqarish (maxsus ruxsatnoma olgandan so‘ng);
3.3. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa faoliyat turlarini o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi mumkin.