uz 
DIQQAT! Sayt test rejimida ishlamoqda!         
+998 90 087-67-76
ISHONCH TELEFONI
ziadingranit@mail.ru
ELEKTRON POCHTA
@granitaj
TELEGRAM MANZIL

E’LON! “Granit” AJ Ichki audit xizmati (boʻlimi) rahbarini tayinlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining
108-moddasiga muvofiq, “Granit” AJ da jamiyat kuzatuv kengashiga hisobot beruvchi ichki audit xizmati tashkil etilgan.

         Aksiyadorlik jamiyatining ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, filiallari va vakolatxonalari faoliyatini ularning qonun hujjatlariga, jamiyat ustaviga va boshqa hujjatlariga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish orqali nazorat qilish va baholashni amalga oshiradi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiqligini taʼminlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda maʼlumotlarning aks ettirilishining toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlaydi.

         “Granit” AJ da mazkur xizmat shtat bilan taʼminlanmagan va shu sababli “Granit” AJ da shartnoma asosida Ichki audit xizmati rahbari lavozimiga koʻrib chiqish uchun 1993-yilda tugʻilgan, ichki auditor sertifikatiga (Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 000716-sonli sertifikatiga) ega Amonov Xojiqurbon Toʻlqin oʻgʻli nomzodi taklif etiladi.

Amonov Xojiqurbon Toʻlqin oʻgʻli moliya sohasida va audit sohasida ham tajribaga ega.

Amonov Xojiqurbon Toʻlqin oʻgʻlini «Granit” AJ Ichki audit xizmati (boʻlimi) rahbari lavozimiga tasdiqlash taklif etilmoqda.

 

Jamiyat boshqaruvi                                                                  Aprel 2025-yil.